O'tgan mavsum so'ngida frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan “Real Madrid” bilan xayrlashgan edi. Bu yil esa, mavsum o'rtasida Madrid bosh jamoasining murabbiylik postiga qaytdi.
Zidan iste'foga chiqqan kunidan boshlab dam olishni boshladi. U 9 oy mobaynida turli reklama roliklarida ishtirok etdi, jahon chempionati o'yinlarini muntazam ravishda kuzatib bordi.
Mundialda Frantsiya terma jamoasi g'alaba qozongan, o'z hissiyotlarini yashira olmadi.
Bundan tashqari, Zidan oilasi bilan turli hil o'lkalarda dam olishni rejalashtirdi. U Parij, London, Abu Dabi, Shanxay va boshqa yirik shaharlarga sayohat qildi.
Eng asosiysi, Xitoy ko'chalaridan birida qariyalar majong o'yinini o'ynayotgan paytda Zidan ularning oldiga o'tirib olgani suratga tushirilgan lavha ko'pchilikka manzur bo'ldi.
Shuningdek, Zidan Instagram’dagi sahifasini oilasi bilan tushgan rasmlar bilan boyitdi.
Bundan tashqari, u 1998 yilgi jahon chempionatida bosh sovrinni qo'lga kiritgan jamoadoshlari bilan ham bir joyda yig'ildi.
Dam olish paytida ham Zidan bo'sh o'tirmadi. U sportzalda shug'ullanishni kanda qilmadi.
Jahon chempionatining 20 yilligiga bag'ishlangan ushbu uchrashuvda Frantsiya-98 terma jamoasi jahon yulduzlariga qarshi bahs olib bordi.
Bahsda Frantsiya-98 terma jamoasi raqiblarini 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda kiritilgan gollardan biriga Zidan mualliflik qildi.
DAVOMI