«Real» klubining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kecha tashkillashtirilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu barcha uchun o'ziga xos kun ekanini bilaman. Men bu erga qaytishdan juda xursandman, bu eng muhimi. «Real»ni munosib bo'lgan joyiga qaytarish uchun ertadan ishga kirishaman. Bu juda katta javobgarlik. Men ham jamoaning bir a'zosiman xolos.
Men g'alabalarimizni esdan chiqarmayman, ammo o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokimiz ham yodimda. Biz La Ligani yuta olmadik va Kubokni erta tark etdik. Xa, biz EChLda g'olib chiqdik, bu yaxshi. Ammo men qanday klubda ekanimni bilaman.
Bizda 11ta o'yin qoldi. Maqsadimiz – mavsumni yaxshi yakunlash. Men «Real»ni ketish kerak bo'lgan pallada tark edim. Ikki yarim yil ichida biz deyarli barcha narsani yutib oldik va klubga yangilanishlar kerak deb o'yladim.
Menga turli xil takliflar bo'ldi, ammo boshqa qandaydir klubga o'tishni istamadim, men shu erda qolishni xohladim.
Men so'nggi to'qqiz oyni Madridda o'tkazdim va quvvatga to'lib oldim. Endi buyuk klub bilan yangi chaqiruvlar sari borishga tayyorman», – deydi Zidan.