Zayniddin Zidan «Real» prezidenti Florentino Peres bilan suhbatda o'zining shartlarini ma'lum qilgan. Peres shartlarga ko'ngach, Zidan jamoaga qaytish rozilik bergan, deb yozadi Marca.
Frantsiyalik mutaxassisning «Real» oldiga qo'ygan shartlari:
1. Jamoani to'liq nazorat qilish.
2. Uslubiga mos kelmagan futbolchilarni sotib yuborish.
3. Marselo va Iskoni saqlab qolish.
4. Neymar transferidan voz kechish.
5. Xames Rodrigesni ortga qaytarmaslik.