«Real» prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Zayniddin Zidanning qaytgani borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bizda ajoyib tarkib bor. Ammo bir necha yillik g'alabalardan keyin bu safar o'zimiz istagan narsaga erisha olmadik.
Yangi shonli davrni boshlash va o'zimizning yuqori saviyamizni tiklash uchun hozirdan ishlashni boshlashimiz kerak. Shu bois, biz Zayniddin Zidanni qarshi oldik.
Besh kun avval jamoaga qaytish taklifini berganimizda, u o'zining sodiqligini namoyish qildi.
Jahonning eng yaxshi murabbiyi «Real»ga qaytdi. Zidan yana biz bilan ekanidan muxlislarimiz faxrlanishadi. U buyuk jamoa yuzi hisoblanadi», – dedi Peres.