"Real"ning sobiq prezidenti Ramon Kalderon nima uchsun Joze Mourino Madrid klubini boshqarmaganini taxmin qildi.
"Jamoa etakchilari Mourinoni qaytarish qaroridan qaytishga ta'sir qilganlar.
U "Real"dan ko'p muammolarni qoldirib ketgan edi. U hozir qaytsa yana muammo tug'dirgan bo'lar edi.
Mourinoning qaytishi ortga qo'yilgan qadam bo'lar edi. Ko'p muammolar, qarama-qarshi fikrlar tug'ilgan bo'lar edi.
U ko'plab sovrinlarga ega bo'lgan yaxshi murabbiy, ammo u etakchilarga yoqmas edi, bu narsa qarorga ta'sir qilgan", - deydi Kalderon.