La liga doirasida "Valyadolid" va "Real" o'rtasidagi o'yinda bosh hakam Xesus Xil Mansano "qirollik klubi" darvozasiga urilgan ikkita golni VAR yordamida bekor qilgandi. Shundan keyin internetda videotakrorlar xonasida hech kim yo'qligi, chiroqlar o'chirilgani aks etgan quyidagi surat joylangandi.
Ammo keyinchalik ma'lum bo'lishicha, bu holat umuman boshqa vaziyatga tegishli. "Valyadolid" va "Real" o'rtasidagi o'yinda esa VAR binoyidek ishlagan.