Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema jamoa bosh murabbiyi Santyago Solarini qo'llab-quvvatladi.
“Biz Solari bilan birgamiz. Agar, jamoa murabbiy bilan birga bo'lmaganda, biz bugungidek (“Valyadolid”ga qarshi o'yin) o'ynamagan bo'lardik.
Nima uchun hozir uni bo'shatish kerak? Mavsum so'nggiga qadar yana 11ta o'yin bor. Umid qilaman, u qoladi. Kiyinish xonasi hozir birlashgan jamoani ko'rishingiz mumkin”, -deydi Benzema Marca nashriga bergan intervyusida.