Madridning “Real” klubi himoyachilari Serxio Ramos va Marselo jamoaning so'nggi mashg'ulotida tortishib qolishgan.
Marca nashrining xabariga ko'ra, futbolchilar shanba kungi mashg'ulotlarda ikki jamoa tarkibida futbol o'ynagan.
Klub sardori Ramosga Marseloning gol nishonlashi yoqmagan va buni braziliyalik hamkasbning o'ziga ham aytgan. Marselo bunga javoban doim golni shunday uslubda nishonlashini aytgan.
Ikki futbolchi o'rtasidagi mojaro boshqa futbolchilarning aralashmaguniga qadar bir necha daqiqa davom etgan.
Aytilishicha, “Real”ning ikki ishongan futbolchisi mashg'ulot yakunida o'zaro kelishib olgan.