"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'z jamoasini Evropaning etakchi klublari bilan taqqosladi.
"Oxirgi o'n yillikdagi "Man Siti" - hamadan ko'p rivojlangan klub bo'ldi. Bu mening davrimgagina tegishli emas, oxirgi o'n yillikka tegishli.
"Siti"ni "Barselona"ga taqqoslasak, biz tarix va me'ros tomonidan kamtarroqmiz. Ammo biz yaxshiroq bo'lib boryapmiz, kichik qadamchalar tashlab, oldinga intilyapmiz. Qatorasiga ikki yil Liga Kubogini yutdik, 100 ochko jamg'ardik, sovrinlar uchun kurashyapmiz.
"Barselona", "Real" va "Bavariya"da fantastik tarix va yutuqlar bor. Biz bu darajaga etganimiz yo'q. Bu klublardan ancha yiroqligimizni his qilamiz.
Barselona va Myunxenda me'ros o'ylari bilan ishlamaganman, bu o'z-o'zidan kelar edi.
Ko'ramiz, bizni ham eslab qolisharmikan. Kelgusi yillarda ko'proq sovrinlar yutishimiz kerak. Ammo bu klublar ancha oldinda", - deydi Gvardiola.