«Real»ning sobiq yarimhimoyachisi Klarens Zeedorf Madridga vaqtincha bosh murabbiy sifatida qaytishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, Kamerun terma jamoasida ishlayotgan niderlandiyalik mutaxassisga «Real» bilan muzokaralar o'tkazishga ruxsat berilgan.
Manba ma'lumotiga ko'ra, Zeedorf o'zi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolashni rejalashtirayotgan «Real» rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.
Eslatib o'tamiz, madridliklar 1 hafta ichida ikkita Klasikoda yutqazishdi va Chempionlar Ligasini ham tark etishdi. Shundan so'ng, klub rahbariyati Santyago Solari bilan xayrlashish haqidagi qarorni qabul qilgan.
Bungacha uning o'rniga nomzodlar qatorida Joze Mourino, Maurisio Pochettino va Zinedin Zidan kabi mutaxassislar nomi tilga olinayotgandi.