O'tgan yilgi mavsumni ijara asosida "Alaves"da o'tkazgan "Atletiko" chap qanot himoyachisi Teo Ernandes "Real"da o'ynash orzusi bo'lganligini ta'kidladi.
"Hayajondaman, axir jahonning eng yaxshi futbolchilari bilan birga o'ynayman. Bolaligimdan "Real"da o'ynashni orzu qilganman", – dedi 19 yoshli futbolchi.
Avvalroq "Real" "Atletiko" bilan Teo Ernandesning transferi borasida kelishuvga erishgani haqida xabar tarqalgandi. Himoyachining "Qirollik klubi" tarkibida rasmiy taqdimot marosimi iyul oyi boshida bo'lib o'tishi kutilmoqda.