Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos klubdan ketish haqida o'ylamoqda.
32 yoshli futbolchi klub rahbariyatidan o'zini qo'yib yuborishlarini so'ramoqda.
Ma'lumotlarga iiaraganda, uning yangi jamoasi “Milan” bo'lishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi o'zining bolalikdagi kumiri hisoblangan Paolo Maldini sabab aynan “rossonerilar” taklifini qabul qilishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to'p surib kelmoqda. U o'tgan davr mobaynida “qirollik klubi” safida jami 603ta o'yinda ishtirok etdi va o'z hisobiga 84ta gol hamda 39ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.