"Real" yozda "PSJ" hujumchisi Neymarni sotib olmoqchi, deya xabar beradi The Sun.
Manbaga ko'ra, madridliklar braziliyalik futbolchi uchun 345 million evro to'lashga tayyorlar. Hujumchining o'ziga yiliga 44 mln evro maosh taklif qilinmoqda. Bu Neymarni dunyoning eng ko'p haq to'lanadigan futbolchisiga aylantiradi.
Eslatib o'tamiz, Neymar avval "Real"ning ashaddiy raqbi "Barselona"da to'p surgan. "PSJ" uni 222 million evro evaziga sotib olgan.