OAV xabarlariga ko'ra, mavsum yakuniga etgach Santyago Solari "Real" bosh murabbiyi vazifasidan ketadi.
"Real" rahbariyati bu vazifaga bir necha nomzodni ko'rib chiqmoqda. Prezident Florentino Peres portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinoni taklif qilmoqchi, boshqa rahbarlar bunga qarshi bo'lmoqda. Ular Peresga Germaniya termasi ustozi Ioaxim Lyovni olib kelish taklifii berdilar.
Peresning fikricha, qattiqqo'l Mourino "Real"da tartib o'rnatadi, "Real" bosh direktori Xose Anxel Sanches bu fikrga qo'shilmayapti. U Mourinoning qaytishiga qarshi. Mourinoning qaytishi Serxio Ramos, Marselo va Karim Benzema kabi futbolchilar bilan buzilgan munosabat natijalarga yomon ta'sir ko'rsatadi.