Oldinroq "Real" prezidenti Florentino Peres va jamoa sardori Serxio Ramos o'rtasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabar bergandik. Hatto Ramos Peresga "Pulimni ber va men ketaman", deyishgacha borgan.
Xo'sh, agar Ramos hozir ketsa, "Real" unga qancha to'lashi kerak bo'ladi? Shartnomada bunday holatlarda tovon puli 25 mln evro qilib ko'rsatilgan. Ya'ni agar Ramos ayni damda jamoadan ketsa, "qirollik klubi" unga shuncha pul to'lashi kerak bo'ladi.
Ramosning amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.