«Real» prezidenti Florentino Peres o'z vaqtida Karlo Anchelotti va Rafael Benites nega bosh murabbiylikdan bo'shatilganini tushuntirdi.
«Jamoaga yangi turtki kerak edi, shuning uchun ham Anchelottini ishdan bo'shatganmiz. Birinchi navbatda jismoniy holatni tiklab olish zarur edi. Bu ishni amalga oshirishga eng loyiq nomzod Benites bo'lgan. Biroq u ba'zi sabablarga ko'ra jamoaga kirishib ketolmadi, ammo futbolchilar bilan munosabati yomon emasdi. Natijalar pasayib ketgach, uni iste'foga chiqardim. Bu ishni qilganimda qalbim og'rigan, chunki u «Real»ning odami edi» - dedi Peres.
Anchelotti 2013-2015 yillarda «Real»da ishlagan, Benites 2015-2016 yillarda jamoani boshqargan.