"Real" rahbariyatida bosh murabbiyni tanlash borasida mojaro yuzaga keldi.
"AS" nashriga ko'ra, klub prezidenti Florentino Peres jamoaga Joze Mourinoni olib kelmoqchi. Uning fikricha, aynan Joze hozir "Real"ga juda kerak. Uning o'rinbosari Xose Anxel Sanches esa bunga qarshi. Uningcha, Mourino Ramos, Marselo va Benzema bilan mojaroga borgan, futbolchilar portugaliyalik mutaxassis bilan chiqishib ketishi qiyin bo'ladi.
"Real" rahbariyatining aksariyat vakillari esa Yoaxim Lyov nomzodini ma'qul ko'rishyapti.