"Real" yarimhimoyachisi Isko EChLda "Ayaks"ga qarshi o'yinga jamoa bilan avtobusda ketishdan bosh tortgani uchun jamoadoshlaridan kechirim so'radi.
Avvalroq, 26 yoshli futbolchi klub bazasini jamoadoshlaridan alohida, o'z mashinasida tark etgani uchun o'yin qaydnomasiga kiritilmagani xabr qilingan edi.
Bu jamoaning, jumladan, sardor Serxio Ramosning noroziligiga sabab bo'ldi. Isko o'z xatosini tan oldi va jamoadoshlaridan uzr so'radi.
U o'z qilmishiga jamoa bosh murabbiyi Santyago Solari bilan yomon munosabatini sabab qilib keltirdi.
Argentinalik mutaxassis yaqin vaqtlar ichida iste'foga chiqishi kutilmoqda. Uning o'rniga Joze Mourino tayinlanishi haqida taxminlar bor.