"Real" sardori Serxio Ramos jamoa futbolchilari bilan majlis o'tkazdi. Bu jarayon Santyago Solarisiz o'tdi.
"Cadena COPE" manbasining yozishicha, 32 yoshli futbolchi garchi Ispaniya chempionligi uchun juda kam imkoniyat qolgan bo'lsa-da, sheriklariga jon-jahdlari bilan o'ynash kerakligini uqtirdi. U hech bo'lmaganda ikkinchi o'rinni egallash lozimligini ta'kidladi. Shuningdek, u futbolchilardan Solarini hurmat qilishni so'radi.