Telemadrid nashri “Real” rahbariyatining favqulodda majlis o'tkazish sababini aniqladi.
Unga ko'ra “qirollik klubi”dagilar bir ovozdan jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Santyago Solari zudlik bilan iste'foga chiqarishga qaror qilishgan. Uning o'rnini esa Joze Mourino egallashi kutilmoqda. Madridliklar vakillari ayni damda ushbu portugaliyalik mutaxassis bilan muzokaralar o'tkazishmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan avvalroq 10 mart kuni “Valyadolid”ga qarshi bo'lib o'tadigan bahs Solari uchun “Real”dagi so'nggi o'yin bo'lishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish lozimki, “Real” o'tgan bir hafta davomida Ispaniya kubogi, La Liga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ular joriy mavsumni endi sovrinlarsiz yakunlashadi.