«Real» Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida «Ayaks»ga yutqazib, musobaqani tark etganidan keyin "Qirollik klubi" sardori Serxio Ramos klub prezidenti Florentino Peres bilan mojaroga bordi.
32 yoshli futbolchi diskvalifikatsiya tufayli mazkur o'yinni o'tkazib yubordi, ammo o'yindan so'ng "Santyago Bernabeu" stadioni kiyinish xonasiga kirdi.
Bu paytda Peres «Real» futbolchilarini urishayotgan edi. Klub xo'jayini futbolchilarni ishtiyoqsizlikda aybladi. Shuningdek, Peres so'zlarining orasida «sharmanda» so'zini ham ishlatgangan. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.
Ramos esa Peresga javob qaytardi. «Mening haqimni ber va men jamoadan ketaman», — dedi himoyachi. Shuningdek: «Men mana bu ramz, klub va hattoki sen uchun borimni berganman», — deya qo'shimcha qildi Ramos.
Kiyinish xonasidagi barcha futbolchilar mazkur mojaroga guvoh bo'lishdi.