Madridning "Real" klubi yaqin vaqtlar ichida o'zining yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qilishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning tarqatgan xabariga ko'ra, “qirollik klubi” rahbariyati ayni damda jamoaning sobiq murabbiylari Joze Mourino va Zinedin Zidan bilan muzokaralar o'tkazmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres 10 martga qadar, ya'ni “Real” o'zining navbatdagi uchrashuviga qadar yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishilishiga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, “Real” 10 mart kuni “Valyadolid”ga qarshi bahs olib boradi.