Madridning “Real” klubi forvardi Karim Benzema kecha “Ayaks”ga (1:4) qarshi UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob bahsida ishtirok etdi.
Bu 31 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun EChLdagi 112-o'yin bo'ldi. E'tiborlisi, Benzema shu tariqa Chempionlar ligasida eng ko'p o'yin o'tkazgan frantsiyalik futbolchi – Terri Anriga etib oldi. Agar Anri futbolchilik faoliyatini yakunlaganini hisobga olsak, Benzemada undan o'zib ketish imkoniyati mavjud.
Eslatib o'tamiz, Benzema “Real” safiga 2009 yil “Lion”dan kelib qo'shilgan edi.