"Real" prezidenti Florentino Peres Santyago Solarini iste'foga chiqarmoqchi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.
Manbaga ko'ra, klub rahbariyati oxirgi natijalardan norozi. 27-tur doirasida "Valyadolid"ga qarshi o'yin hal qiluvchi bo'lishi mumkin.
Florentino Peres allaqachon "Real"ning sobiq ustozi Zinedin Zidan bilan aloqaga chiqdi va uni bosh murabbiylikka qaytishga undadi. Ammo Zidan ayni paytda bunday qila olmasligini ta'kidladi va taklifni rad etdi.