"Real" yarim himoyachisi Isko EChL 1/8 finali doirasida "Ayaks"ga qarshi javob o'yiniga borishdan bosh tortgan.
"Marca" nashriga ko'ra, 26 yoshli futbolchi asosiy tarkibga kiritilmaganini bilgach, jahli chiqqan va jamoadoshlari bilan birga avtobusga chiqishdan bosh tortgan. U shaxsiy mashinasida jamoa bazasini tark etgan.