“Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskes “Ayaks”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Oxirgi uchta o'yinni juda yomon tarzda o'tkazdik. Bu “Real emas. Tan olaman “Ayaks”ga har taraflama mag'lub bo'ldik. Ular chorak finalga chiqishga haqli.
Chempionlar ligasini uch marotaba yutdik endi bu mag'lubiyatni ham qabul qilishimiz lozim. Joriy mavsum biz kutgandek bo'lmadi. Hozir aniq ayta olaman “Real”ning tsikli tugadi.
Ha biz o'z maydonimizda ko'p mag'lub bo'lmoqdamiz lekin bizda golli vaziyatlar juda ko'p bo'ldi. O'yinimizga nima bo'layotganini tushuntirish qiyin ammo, biz mavsumni yaxshi natija bilan tugatishga harakat qilishimiz kerak”, - deydi Vaskes.