Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Real" o'z maydonida "Ayaks"ni qabul qilib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (1:4).
Shu tariqa, madridliklar «Santyago Bernabeu»da o'tkazilgan so'nggi 4ta o'yinda mag'lubiyatga uchrashdi. Solari shogirdlari o'z uylarida La liga doirasida "Jirona" va "Barselona", Ispaniya kubogi doirasida "Barsa" hamda EChL doirasida "Ayaks"ga yutqazishdi.
"Qirollik klubi" tarixida bunday natija 15 yil avval ro'y bergandi. 2003/04 yilgi mavsumda "qay moqranglilar" o'z maydonida «Osasuna», «Barselona», «Malorka» va «Real Sosedad»dan mag'lub bo'lgandi.