“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos “Ayaks”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Hech kim o'zini ko'rsatolmadi. Shular qatorida o'zim ham, darajamdan past o'ynadim. O'ylashimcha, biz faqat Ispaniya kubogida yaxshi o'ynadik.
Muvaffaqiyatsiz mavsum – futbolda juda ko'p uchrab turadi ammo, so'ngi uch yil ichida erishgan yutuqlarimizni hisobga olsak bu shunchaki telbalik. Biroq o'tgan mavsumda ham bizda kichik muamolar bor edi.
Chempionlar ligasidan chiqib ketganimizdan hayratdamiz leki,n tan olish lozim “Ayaks” chorak finalga chiqishga haqli edi”, - deydi Kroos.