Sobiq "Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi Alberto Toril hujumchi Alvaro Morataga o'z jamoasini o'zgartirishni maslaxat berdi. Ayni damda Morata ham shuni xohlamoqda.
"Albatta, qarorni har kim o'zi qabul qiladi. Morata o'ziga ko'proq amaliyot beradigan jamoa izlamoqda. Mundial oldidan bu juda muhim, sababi hujumchi uchun ko'proq o'yin amaliyoti va gollar kiritishi kerak. Morata jahon chempionatida ishtirok etishi murakkab bo'ladi, agar "Real"da qoladigan bo'lsa." - deydi Toril.