«Real» himyaochisi Daniel Karvaxal Evropa chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Ayaks»ga qarshi o'yin (1:4)dan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'zimni juda yomon his qilyapman. Bir hafta davomida biz barcha narsani boy berdik. «Barselona»ga qarshi o'yindagi 2ta mag'lubiyatdan keyin o'zimizga kelish qiyin bo'ldi. Biz rasvo mavsumni o'tkazyapmiz. Ammo yosh jamoamizning salohiyati mavjud», – dedi Karvaxal.