Evropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida "Real" o'z maydonida "Ayaks"ni qabul qilib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi (1:4).
Shu tariqa, «Qirollik klubi» EChLdan chiqib ketdi. Avvalroq Solari shogirdlari Ispaniya kubogi yarim final bosqichida «Barselona» tomonidan to'xtatilgan edi (1:1, 0:3). Bundan tashqari, «Real» La liga jadvalida «Barselona»dan 12 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinda bormoqda va mavsum tugashiga 12 tur qolganida deyarli chempionlikdan mahrum bo'ldi.
Bunday holat «qaymoqranglilar» tarixida so'nggi marta 2005/2006 yilgi mavsumda yuz bergandi. O'shanda ham jamoa mart oyiga kelib Ispaniya chempionati va Kubogidan chiqib ketib, La liganing 26-turidan keyin "Barsa"dan 10 ochko qolayotgandi.
Ma'lumot o'rnida. 2006 yilning fevral oyida "Real" prezidenti Florentino Peres iste'foga chiqqandi. Peres 2009 yilning 1 iyun kuni yana "Madrid" rahbarligiga qaytgandi.