Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi ispaniyalik hujumchi Borxa Mayoralni keyingi mavsumda asosiy jamoada o'ynatmoqchi, bu haqida AS nashri xabar beradi.
20 yoshli hujumchiga hozirda hech qaysi ispan va nomdor klublardan taklif tushmadi. Oldinroq La Liganing "Leganes" jamoasi hujumchiga "og'iz solib" ko'rgan edi, biroq futbolchining o'zi Madridda qolishni xohladi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Mayoral ijara asosida "Wolfsburg" tarkibida to'p surib 19 o'yinda maydonga tushib 2 ta gol muallifiga aylangan edi.