“Real” yarim himoyachisi Isko Alarkon yana ikki grand klubning nazariga tushdi.
Ispaniyalik futbolchining xizmatiga Angliyaning ikki gigant klublari “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Ular Iskoni yozgi transferlar vaqtida sotib olishga harakat qilib ko'rmoqchi.
Santyago Solari bosh murabbiy lavozimiga kelganidan so'ng, Isko asosiy tarkibdagi o'rnini butkul yo'qotib qo'ydi.
Ikki kludan tashqari Iskoga “Manchester Siti”, “Inter”, “Yuventus” klublari ham qiziqmoqda.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Isko “qaymoqranglilar” safida 16 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.