Myunxenning “Bavariya” klubi “Real” yarim himoyachisi Marko Asensioni sotib olmoqchi. Bu haqda Ispan OAV xabar tarqatmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar ispaniyalik futbolchini jamoaning faxriy futbolchilar Aren Robben va Frank Riberining o'rinbosari sifatida ko'rishmoqda.
Eslatib o'tamiz, Asensio 2015 yilda “Real” a'zosiga aylangan edi. Uning shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan. Shuningdek, futbolchi xizmatlariga “Yuventus” ham qiziqish bildirmoqda.