"Ayaks"ning sport direktori Mark Overmars EChL 1/8 finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvi oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Birinchi o'yin madridliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan tugagan.
"Albatta, bizda "Real"ning ustunligini yo'qqa chiqarish va g'alaba qozonish uchun hamma narsa bor. Ammo birinchi o'yindagi hisob bizga qattiq halaqit beradi. Chorak finalga chiqish imkoniyatimiz 20 foiz, "Real"ning imkoniyati 80%.
Bu "Ayaks" uchun juda qiyin o'yin bo'ladi. "Real" uchun chempionlar ligasi qanday ahamiyatga egaligini yaxshi bilamiz. Ularning g'olib chiqishlari uchun yagona musobaqa", - deydi Overmars.