"Real" klubi yarim himoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi va klub ishqibozlari o'rtasidagi munosabat haqida gapirdi.
«Beyl yuqori darajada o'ynay oladigan futbolchi. Muxlislarning unga qilayotgan munosabati esa sharmandalikning o'zginasi. Ispaniyada o'tgan olti yilda u hamma narsani yutdi. Bu muxlislar Beylning oyog'ini o'pishlari kerak», — dedi Barnett Sky Sportsga bergan intervyusida.