EChL 1/8 final javob bahsidan o'rin olgan «Real» — «Ayaks» va «Borussiya» D — «Tottenxem» uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida ma'lum qilindi.
«Real» va «Ayaks» jamoalari o'rtasida Madridda kechadigan bahsni Feliks Brix boshchiligidagi nemis hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Mark Borsh va Shtefan Lupp yordam berishadi. Bastian Dankert va Marko Fritts videotakrorga javob berishadi.
Dortmundliklarning «Tottenxem»ga qarshi uchrashuvini gollandiyalik Danni Mikkeli boshqaradi. Unga Mario Diks va Xessel Steegstra yordam berishadi. Videotakrorlar bo'yicha yordamchilar – Pol van Bukel va Kamfus Yoxem.
Eslatib o'tamiz, ikki uchrashuv ham 5 mart tunida bo'lib o'tadi.