Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske Krishtianu Ronalduning «Real»ni tark etishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
«Agar Ronaldu ketsa, bu katta yo'qotish bo'ladi. Hozirda u va Messi ispan futbolini belgilab bermoqda. Biz Messi va Ronaldu epoxasida yashamoqdamiz. Ikki futbolchi Ispaniya chempionatida o'ynayotgani — bizning omadimiz. Muxlislarni stadionga jalb qilishda bu muhim ahamiyatga ega. Lekin xar bir odam soliq to'lashi shart», — dedi mutaxassis.