«Real» sardori Serxio Ramos La liganing 26-turi doirasida bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchi mushagidan olgan jarohat tufayli "klasiko"da maydonga tushmasligi mumkin. Serxio "ko'k-anorranglilar"ga qarshi 2 kun avval bo'lib o'tgan Kubok bahsida Kazemiro bilan to'qnashib ketishi oqibatida jarohat oldi. Shu bois, u oyog'ining son qismida og'riq his qilmoqda.
Ramos erta tongda tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning «Barselona»ga qarshi o'yinda maydonga tushish masalasiga oydinlik kiritiladi.