“Real” himoyachisi Rafael Varan La Liganing 26-tur doirasida “Barselona”ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta oladi.
Frantsiyalik futbolchi Ispaniya kubogining 1/2 finalining javob uchrashuvidan so'ng, tizzasi yorilgan fotosuratni ijtimoiylar tarmoqdagi sahifasiga joylagan edi.
25 yoshli futbolchi ikkinchi gol bo'lgan epizodda Daniel Karvaxal va Luis suares bilan to'qnashib ketdi va o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Qolaversa, u tizzasini jarohatlab oldi.
Biroq, bugun Varan umumiy mashg'ulotlarda qatnashdi va katta ehtimol bilan keyingi klasikoda maydonga tushadi.