"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl yozda jamoadan ketadi. Bu haqda "AS" nashri yozmoqda.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres shunday qarorga kelgan. U Garetning omadsiz o'yinlari hamda klub a'zolari bilan futbolchi o'rtasidagi sovuq munosabatdan bezigan.
Ma'lumotlarga ko'ra, uelslik futbolchining jamoadoshlari bilan munosabati yaxshi emas. Xususan, "Levante"ga qarshi o'yinda penaltidan gol kiritgan Beyl golni u bilan nishonlashga uringan Vaskesning qo'lini siltab tashlagan va golni ham tuzuk-quruq nishonlamagandi.