"Tottenxem" rahbariyati Mourisio Pochettino borasida tashvishga tushib qoldi.
London klubi oxirgi ikki o'yinda yutqazdi, oqibatda chempionlikka erishish imkoni kamayib bormoqda.
"The Sun" nashriga ko'ra, mutaxassis 2014 yildan beri birorta sovringa erisha olmagani borasidagi tanqidlardan bezor bo'lgan. Pochettino shu bois klub rahbariyatiga sovringa erishish uchun tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish talabini qo'ygandi.
Enddi «Tottenxem» rahbariyati Pochettinoning yozda "Real"ga o'tib ketishidan xavotirda. Boz ustiga Madrid klubi argentinalik murabbiy uchun 40 mln funt sterling miqdorida tovon puli to'lashga ham tayyor.
Ma'lumot uchun, 28-turdan keyin "Tottenxem" turnir jadvalida 3-o'rinda bormoqda.