Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal Konfederatsiyalar kubogi-2017 yarim finalida Portugaliya terma jamoasini mag'lub etishga ishonchi komil ekanini ta'kidladi.
"Ronaldu – ayyor turlki. Ammo men uchun u mavjud emas. Men "Bavariya"dagi jamoadoshim Joshua Kimmixga finalda uchrashishimiz haqida aytdim", – dedi Vidal.
Eslatib o'tamiz, Konfederatsiyalar kubogining ikkinchi yarim finalida Germaniya - Meksika bilan to'qnash keladi.
Portugaliya – Chili o'yini 28 iyun kuni 23:00da boshlanadi.