Madridning "Real" klubi rahbariyati yoshlar jamoasi murabbiyi Alvaro Benitoni ishdan bo'shatdi. Bunga "Real"ning Ispaniya kubogi yarim finali doirasida "Barselona"ga qarshi javob o'yini sabab bo'ldi.
42 yoshli mutaxassis "Cadena Ser" radiosi va "Movistar" telekanali orqali "el-klasiko" haqida fikr bildirdi. U "Real"ning o'yinini, xususan, Vinisius Junior, Kazemiro va Toni Krooslarni keskin tanqid qildi.Bu esa klub rahbariyatiga yoqmagan.
"Marca"ning yozishicha, "Real U-18" murabbiysiz qolmadi, ayni damda Real ning 16 yoshgacha bo'lgan jamoasini boshqarayotgan Raul Gonsales Benitoning o'rnini egalladi.