Mavsum yakunlanganidan keyin Joze Mourino «Real»ni boshqarishi mumkin. Bu haqda "Qirollik klubi" sobiq prezidenti Ramon Kalderon xabar tarqatdi.
«Katta ehtimol bilan Mourino kelasi mavsumda «Real»ni boshqaradi. Hozirda muzokaralar davom etmoqda», – deya yozdi Kalderon o'zining tvitterdagi sahifasida.
«Real» ushbu mavsumda La liga jadvalida "Barselona"dan 9 ochko ortda qolgan holda 3-o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" Ispaniya kubogi yarim finalida azaliy raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Mourino 2011-2013 yillarda «Real» bosh murabbiyi sifatida ishlab, Primera, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogida bir martadan g'olib chiqqan. Portugaliyalik mutaxassisning so'nggi ish joyi «Manchester Yunayted» bo'ldi. U mankunianliklar boshqaruvida 2018 yilning 19 dekabr kuni iste'foga chiqarildi.