«Real» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Benito iste'foga chiqarildi. Mutaxassis "Qirollik klubi"ning "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan Ispaniya kubogi yarim final bosqichidagi javob o'yinini (0:3) tanqid qilgani uchun shunday jazoga munosib ko'rildi.
Benito Cadena Ser radiosi va Movistar telekanalida efirga uzatilgan ko'rsatuvda ekspert sifatida ishlagandi. Ko'rsatuv davomida murabbiy shunday dedi: «Vinisius barchani hayron qoldirmoqda. U yosh, ammo u jamoa o'yinidagi muvozanatni buzmoqda. Muammo shundaki, tarkibda shunday o'yinchilar borki, masalan, Kazemiro bir daqiqa ham tuzuk futbol namoyish qilmadi, xuddi Toni Kroos kabi».
«Real» yoshlar jamoasini Raul Gonsales boshqaradigan bo'ldi.