UEFA tartib-intizom qo'mitasi «Real» sardori Serxio Ramosga nisbatan qaror chiqardi. U Evropa chempionlar ligasining 2ta o'yiniga diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa, ispaniyalik futbolchi «Ayaks»ga qarshi nimchorak final bosqichining javob o'yini va "Qirollik klubi" chorak finalga chiqsa, chorak finalning dastlabki bahsini o'tkazib yuboradi. Madridliklar keyingi bosqichga chiqa olishmasa, Ramosning diskvalifitsiyasi kelasi mavsumga ham o'tishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Ramos «Ayaks»ga qarshi bo'lib o'tgan dastlabki bahsning (2:1) so'nggi daqiqalarida ataylab sariq kartochka olgan edi. Bu ogohlantirish Ramos uchun musobaqadagi uchinchisi bo'ldi va u "Ayaks"ga qarshi javob o'yinini avtomatik ravishda o'tkazib yuborib, keyingi bosqichlar oldidan "tozalanib" olar edi.
Shuningdek, himoyachiga 1500 ervo miqdorida jarima solindi.