Ispaniya La Ligasi 26-turidan o'rin olgan "Real" hamda "Barselona" jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarib boradigan bosh hakam o'zgardi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, "El-klasiko"ni avval e'lon qilinganidek Alexandro Xose Ernandes Ernandes o'rniga Alberto Undiano Malenko boshqarib boradi.
Ma'lumotlariga ko'ra, Malenko ushbu mavsum so'nggida faoliyatini yakunlaydi va shu bois ushbu klasiko aynan unga ishonib topshirilgan.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya La Ligasi 26-turidan o'rin olgan "El-Klasiko" uchrashuvi 2 mart kuni bo'lib o'tadi.