Xabaringiz bor, kecha “Barselona” Ispaniya kubogidan o'rin olgan bahsda safarda “Real Madrid”ni yirik hisobda mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.
Mazkur mag'lubiyatdan so'ng “Real” futbolchilari ijtimoiy tarmoqlarda turli iqtiboslar bilan o'zlarini ovutishga harakat qilishdi.
Toni Kroos: “Bu hali ham og'riqli. Ammo men jamoaning kechagi ishtirokidan faxrlanaman. Boshni ko'taring. Oldinda katta sinovlar bor”
Lukas Vaskes: “Qayg'uli. Lekin biz kurashni davom ettirishimiz kerak. Hali o'z so'zimizni aytganimiz yuq”
Vinisius: “Xayotda doim ham g'alaba qozonishning imkoni yuq. Mag'lubiyatlar ham g'alabaning bir qismi. Ba'zan ular eng qimmatli saboqlarni beradi. Biz ishlashda davom etamiz. Eng yaxshisi oldinda”
Serxio Regilon: “Yiqilsang – o'rningdan tur! Men “Real”da hali bolakay ekanligimni tushundim”
Jaloliddin Qobiljonov tarjimasi.