Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida «Real» o'z uyida «Barselona»ga yirik hisobda (0:3) imkoniyatni boy berdi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar hujumchisi Luis Suares bahsning 73-daqiqasida "Barsa"ning uchinchi golini urganidan keyin madridliklar sardori Serxio Ramos jamoadoshlarini ruhlantirishga harakat qildi. U "Real" futbolchilariga: «Keling, ularning 6ta gol urishiga yo'l qo'ymaymiz», — dedi.
Shundan so'ng "Qirollik klubi" boshqa gol o'tkazib yubormadi. La liga doirasida birinchi davrada bo'lib o'tgan o'yinda «Barselona» «Real»ni 5:1 hisobida mag'lub etgandi.